» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qo‘mitalar tashkil qilishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qo‘mitalar tashkil qilishni taklif etdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qo‘mitalar tashkil qilishni taklif etdi.

Prezidentga ko‘ra, mamlakatda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi keskin kurashish borasida aniq choralar ko‘rildi. Mana shunday og‘ir jinoyatni sodir etgan 1 ming 177 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz.

Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart”, — dedi davlat rahbari Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi chiqishida.

AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Gretsiya, Latviya, Estoniya kabi ko‘plab mamlakatlarning parlamentlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiya va qo‘mitalar mavjud.

Shavkat Mirziyoyev ilg‘or xorijiy tajribalar va Konstitutsiya talablari asosida Oliy Majlis palatalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘mitalar tashkil qilishni taklif etdi. Ushbu qo‘mitalar barcha bo‘g‘indagi davlat idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirishga vakillik organi sifatida munosib hissa qo‘shishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют