» » O‘zbekistonda 2020-yilning dastlabki besh oyida jinoyatlar soni 41 foizga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2020-yilning dastlabki besh oyida jinoyatlar soni 41 foizga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonda 2020-yilning besh oyida jinoyatlar soni 41 foizga ko‘paydi. Hududlar kesimida jinoyatlarning oshishi Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lumotlariga tayanib, “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning dastlabki 5 oyida 17 271 ta jinoyat qayd etilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5100 taga (41,9 foizga) ko‘p demak.

Ta’kidlanishicha, bezorilik holatlari soni 2,5 barobarga (2019-yilda 153 ta, 2020-yilda 385 ta), firibgarlik (2019-yilda 1324 ta, 2020-yilda 2712 ta), poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga oshgan. Bosqinchilik va o‘g‘rilik jinoyatlari ham ko‘paygan.

Hududlar kesimida jinoyatlarning oshishi Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Masalan, joriy yilning o‘tgan 5 oyida Farg‘ona viloyatida 2575 ta jinoyat qayd etilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar ko‘p demakdir. Ushbu hududda hisobot davrida o‘g‘rilik va talonchilik 2,5 barobarga oshgan.

Avvalroq Toshkent shahri og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etilishi bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni egallagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют