» » Farg‘onada joriy yilning 6 oyi davomida 2285 ta jinoyat sodir etildi

Farg‘onada joriy yilning 6 oyi davomida 2285 ta jinoyat sodir etildi


Farg‘ona viloyatida jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga yoki 1073 taga kamaydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Viloyatda 2018-yilning 6 oyi davomida 2502 nafar shaxs tomonidan 2285 ta jinoyat sodir etildi. Birinchi yarim yillikda jinoyatlarni fosh etish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil qilmoqda.

Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida viloyatda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 596 tadan 407 taga kamaygan. Xususan, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va qasddan odam o‘ldirish 2 taga, og‘ir shikast yetkazish 19 ta, bosqinchilik 9 ta, talonchilik 20 ta, tovlamachilik 9 ta, nomusga tegish 6 ta, o‘g‘irlik 315 ta, firibgarlik 154 ta, bezorilik 1 taga kamayishiga erishilgan.

Muqaddam sudlanganlarga murabbiy biriktirish, ularning bandligini ta’minlash choralari ko‘rib borilishi natijasida sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 209 taga yoki 23,1 foizga kamaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют