» » MIB tomonidan savdoga qo‘yilgan Uchtepadagi zavod hududi va uskunlari boshlang‘ich narxdan 17 barobar qimmatga sotildi

MIB tomonidan savdoga qo‘yilgan Uchtepadagi zavod hududi va uskunlari boshlang‘ich narxdan 17 barobar qimmatga sotildi


Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan sobiq zavod hududi hamda mazkur binodagi tekstil ishlab chiqarish uskunalari auksionda boshlang‘ich narxdan 17 barobar qimmatga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan, boshlang‘ich narxi 750 million so‘m bo‘lgan sobiq zavod hududi hamda mazkur binodagi tekstil ishlab chiqarish uskunalari Majburiy ijro byurosi tomonidan sotuvga qo‘yilgan. Mazkur obyektlar uchun savdolar yakunlanib, auksion g‘olibi aniqlandi.

Agentlik tomonidan qayd etilishicha, 15 nafar ishtirokchi o‘rtasida o‘tgan onlayn auksionda mulk narxi 796 qadamga oshirilib, 12,7 milliard so‘mga sotildi.

Avvalroq Toshkent viloyatida boshlang‘ich narxi 127 million so‘m bo‘lgan 0,8 gektar yer qariyb 1 milliard so‘mga sotilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 05:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют