» » IIV Andijonda IIB xodimlari qiynoqlaridan vafot etgan fuqaro ishi yuzasidan uzr so‘radi

IIV Andijonda IIB xodimlari qiynoqlaridan vafot etgan fuqaro ishi yuzasidan uzr so‘radi


Xalqaro press-klubning 1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab uzr so‘radi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Ayrim xodimlarimiz tomonidan qilingan jinoyatlar bizning oyog‘imizga kishan bo‘lib turibdi. Men o‘ylaymanki, bu holatni biz ko‘rib chiqamiz, har bir aybdor odam javobgarlikka tortiladi. Biz tizimni shaffof qilamiz, shu xizmatimiz bilan uzr so‘raymiz o‘zimiz ham. Lekin qandaydir bir ayrim xodimlarning noma’qul xatti-harakati orqali butun tizimga salbiy baho berish, menimcha, noto‘g‘ri”, — deydi G‘iyosov.

Matbuot kotibi Andijon shahrida sodir etilgan mudhish voqea tizim xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyat kechirib bo‘lmas holat ekanini, shuningdek, tizim sha’niga tushgan katta dog‘ligini alohida ta’kidlab o‘tdi: “Bundan keyin har qancha ijobiy sa’y-harakat qilmaylik, bu dog‘ bizning kamchiligimiz haqida doim eslatib turadi”.

Mavzuga doir: IIV rahbariyati, Andijon hokimligi va viloyat IIB vakillari ichki ishlar bo‘limidagi qiynoqlardan so‘ng vafot etgan fuqaroning oilasidan uzr so‘radi

Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng IIB xodimlari hibsga olingach, Andijon viloyat IIB, viloyat prokuraturasi, Andijon viloyat hokimligi vakillari vafot etgan fuqaroning uyiga borib oilasiga hamdardlik bildirib, uzr so‘ragani qayd etildi. Shuningdek, Abdukarimovning davolanish jarayonida, vafotidan keyingi holatlarda yordam berilgan.

“Ularning oilasi OAVda e’lon qilishni xohlamagan, shuning uchun bu narsa e’lon qilinmadi. Hozirgi paytda, bunday olib qaralsa, holatdan keyin tizim sifatida qancha kechirim so‘ralsa ham kam. Bu oila kechirimni qabul qiladimi, qilmaydimi, bu ham katta masala. Biz ichki ishlar xodimlari o‘z xizmatimiz, ishimiz bilan natijani ko‘rsatamiz, kechirim so‘raymiz” — deb qo‘shimcha qildi matbuot kotibi.

Mavzuga doir: Bosh prokuratura: Andijonda IIB xodimlari qiynoqlardan vafot etgan fuqaroga u qimmatbaho toshni olganiga iqror bo‘lishi uchun zo‘rlik ishlatgan

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 13-iyunda Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olingan, voqea 30-mayda Andijon shahar Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinishidan boshlangan. Fuqaro 11-iyunda vafot etgan. 14-iyun kuni Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmonov mazkur voqea sabab ishdan olindi. Keyinroq IIBda besh kishi ishdan olingani va 19 kishi jazolangani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura ayni ish doirasida olib borilayotgan tergov harakatlari davomida 27-iyun kuni jinoyatga aloqador deb topilgan yana ikki kishi — 4-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik P.Mamajonov hamda mazkur bo‘lim jinoyat-qidiruv guruhining yana bir tezkor vakili ham qamoqqa olinganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют