» » Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etdi

Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etdi


Realme kompaniyasi Redmi ortidan o‘zining 100 dollarlik hamyonbop smartoni — Realme C11 modelini taqdim etdi.

Yangi qurilmaga 1600x720 pikselli 6,5 dyuymga ega displey o‘rnatilgan. Barmoq izi skaneri na ekran osti va na korpusda joylashgan. Shuningdek, smartfonga USB-C emas, MicroUSB o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi 5000 mA/soatga teng. Batareya nafaqat smartfonning o‘zini, balki MicroUSB orqali ulangan qurilmani ham quvvatlantira oladi.

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, energiya zaxirasi 31,9 soatga, video tomosha qilinganida esa 21,6 soatga yetadi.

Apparat Android 10 operatsion tizimida ishlaydi. Realme C11’ga MediaTek Helio G35 protsessori va 2 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilgan. Ichki xotirasi esa 32 gigabaytga teng. Asosiy kameralar blokidan esa 13 va 2 megapikselli kameralar o‘rin olgan, frontal kamera 5 megapiksel.

Avvalroq Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Malayziyada Redmi 9C 100 dollardan sotuvga chiqqan bo‘lsa, Redmi 9A 84 dollardan taklif etilmoqda.

Mavzuga doir: Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют