» » “Ular orasida sobiq ‘zamhokimlar’ bor”. Bo‘stonliqdagi “snos”lar yuzasidan bir qator mansabdorlar qo‘lga olingani ma’lum qilindi

“Ular orasida sobiq ‘zamhokimlar’ bor”. Bo‘stonliqdagi “snos”lar yuzasidan bir qator mansabdorlar qo‘lga olingani ma’lum qilindi


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining dam olish hududlarida o‘zboshimchalik amalga oshirilgan qurilishlar ishi bo‘yicha bir qator mansabdorlar qo‘lga olingan.

Bu haqda Toshkent viloyati prokurori Salom Samadov 2-iyul kuni Bo‘stonliq tumaniga amalga oshirilgan press-tur davomida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Prokurorning ta’kidlashicha, 2020-yil 11-may holatiga ko‘ra Bo‘stonliqdagi noqonuniy qurilishlar yuzasdian sakkizta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ayni paytda 10 kishi tergov oldida javob beryapti.

“Ular orasida mahalla raisi, ‘Yergeodezkadastr’ xodimi, sobiq hokim o‘rinbosarlari, maklerlar bor”, — dedi prokuror Samadov.

Uning qayd etishicha, hozirgacha 594 ta obyekt noqonuniy deb topilgan, mana shunday noqonuniy tarzda qurilgan deb topilgan 24 ta uyning egalari esa sud jarayoniga kelmayapti.

“Suv bo‘yida, yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari ostida qurilgan, ekologiya va yo‘l muhofazasiga ta’sir qiladigan noqonuniy binolarnini barchasini buzish davom etadi”, — dedi viloyat prokurori.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют