» » JSST chegaralar ochilgach eng yomon ssenariy sodir bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi

JSST chegaralar ochilgach eng yomon ssenariy sodir bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi


Agarda davlatlar o‘z chegaralarini koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha ehtiyot choralariga rioya qilmasdan ochishni davom etsa, vaziyat eng yomon ssenariy bo‘yicha tus oladi. Bu haqda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan Jenevada o‘tkazilgan brifing vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Agarda davlatlar o‘zining sog‘liqni saqlash tizimlarini vaziyatni hal qilish imkoniyatisiz chegaralarni ochishni davom ettirsa, biz eng yomon holatlarga duch kelamiz”, — deydi Rayan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar yangi kasallanish holatlari bilan kurashish uchun o‘zining sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashga diqqatini qaratishi lozim.

Avvalroq jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tugallanish arafasida emasligini, aksincha kasallik tezlashayotganini, Yevropada karantin cheklovlari olib tashlangach, koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari keskin oshganini bildirgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют