» » Dunyodagi eng kuchli krossover nomi ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng kuchli krossover nomi ma’lum bo‘ldi


Dodge kompaniyasi dunyodagi eng kuchli krossover deya talqin qilinayotgan Dodge Durango SRT Hellcat avtomobilini taqdim etdi, deb yozadi Motor1.

Yangi modelga 720 ot kuchi va 875 Nm aylanuvchi momentga ega 6,2 litrli Hemi V8 motori o‘rnatilgan bo‘lib, u sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Taqqoslash uchun, Porsche Cayenne Turbo S gibridi 680 ot kuchini taqdim etishga qodir. Hellcat soatiga 100 kilometr tezlikka 3,5 soniyada erishadi, maksimal tezligi 290 km/soatga teng.

Krossoverga moslashuvchan amortizatorlar o‘rnatilgan. Hellcat to‘liq uzatmali bo‘lib, 3950 kilogrammgacha bo‘lgan yukni torta oladi.

Shuningdek, yangilangan model “tajovuzkor” ko‘rinishga ega. U nozik qirrali radiator panjarasi, yangi bamperlar va ingichka LED-faralar o‘rnatilgan.

Dodge Durango SRT Hellcat salonida tachskringa ega yangi 8,4 yoki 10,1 dyuymli Uconnect 5 mediatizimi paydo bo‘lgan. Model ikki yoki uch qatorli o‘rindiqli versiyada taqdim etiladi.

Dodge Durango SRT Hellcat Amerika bozorlarida 2021-yilning boshida paydo bo‘ladi.

Avvalroq Germaniyaning TUV tashkiloti mutaxassislari Yevropa bozorlarida sotilayotgan deyarli buzilmaydigan avtomobillar reytingini taqdim etgandi.

Mavzuga doir: Video: “O‘qlangan” Audi, BMW va Volkswagen krossoverlari poyga maydonchasida kuch sinashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют