» » UFC jangchisi Gilbert Byornsda koronavirus aniqlandi. Uning Kamaru Usmonga qarshi jangi bekor qilindi

UFC jangchisi Gilbert Byornsda koronavirus aniqlandi. Uning Kamaru Usmonga qarshi jangi bekor qilindi


Yarim o‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Gilbert Byornsda koronavirus aniqlandi. Bu haqda MMA Junkie xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, bu Byornsning Las-Vegasdan Abu-Dabiga uchib ketishidan oldin ma’lum bo‘lgan. Byorns BAA poytaxtida 12-iyul kuni (Toshkent vaqti bilan) Kamaru Usmonga qarshi chempionlik jangini o‘tkazishi kerak edi.

Shuningdek, Byornsning ikki sekundanti – akasi Gerbert va murabbiyi Greg Jonsda ham koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. Shunday qilib, Byorns Usmon kabi, AQShni tark etmadi. Ularning jangi kechroq muddatga qoldirilishi kutilmoqda.

Kamaru Usmon 17 ta jang o‘tkazib, shularning 16 tasida g‘alaba qozongan 1 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Gilbert Byornsning hisobida esa 22 ta jang, 19 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют