» » Tachmurod Agamurodov: Murabbiydan qisqa vaqt ichida katta natijalar talab qilish noto‘g‘ri

Tachmurod Agamurodov: Murabbiydan qisqa vaqt ichida katta natijalar talab qilish noto‘g‘ri


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Andijon” uchrashuvidan (1:1) so‘ng ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Avvaliga andijonliklar murabbiyi Diyor Mirzaboyev o‘yin haqida fikr yuritdi.

“O‘yin haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, g‘alaba uchun kelgandik. “Qizilqum” jamoasini oxirgi o‘yinlarini ko‘rib o‘rganib chiqdik. Ikkita autsayder jamoalar o‘zaro to‘qnashdi deya olaman. Olti ochkolik o‘yin bo‘ldi. Himoyadagi qo‘pol  xato sabab darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Omadimiz keldi, oxirida gol urib durang qayd etdik. Durang adolatli bo‘ldi”, — deydi Mirzaboyev.

Shundan so‘ng, “Qizilqum” ustozi Tachmurod Agamurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu biz uchun juda muhim bahs edi. Ikkala jamoa ham musobaqa jadvalida deyarli yonma-yon edi. Uchrashuv oxirida konsentratsiyani yo‘qotib qo‘ydik, o‘yin so‘nggida majburiy o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Alamli durang, ammo bu futbol.

Rahbariyat oldida vijdonimiz toza, faqatgina natija yo‘q. Biz o‘z ishimizni bajarayapmiz, menimcha qisqa vaqt ichida katta natijalar talab qilish noto‘g‘ri. Nima uchun g‘alaba qozona olmayotganimizning ko‘plab sabablari bor, ularni aytishni boshlasam ko‘p vaqt ketadi”, — deydi mutaxassis.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Andijon” 5 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, “Qizilqum” (2) 13-o‘ringa qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют