» » Toshkentda muhtoj oilalar uchun yig‘ilgan mablag‘larning 95 mln so‘mdan ortig‘i mansabdorlar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlandi

Toshkentda muhtoj oilalar uchun yig‘ilgan mablag‘larning 95 mln so‘mdan ortig‘i mansabdorlar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlandi


Toshkentning Sergeli tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun xayriya hisobiga kelib tushgan mablag‘larning talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan mablag‘larni go‘yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun sovg‘a, moddiy yordam pullari berilganligi va boshqa ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilganligi haqida soxta bayonnomalarni rasmiylashtirish orqali 95,8 million so‘m mablag‘larni talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shu yilning may oyida Oqqo‘rg‘onda M.Alishev va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobchisi B.Niyozov “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larni turli yo‘llar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 million so‘m pulni o‘zlashtirgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют