» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1376 kishida, Qirg‘izistonda esa 345 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1376 kishida, Qirg‘izistonda esa 345 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 529 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 847 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1376 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda respublika koronavirusga qarshi kurashish shtabi xabar berdi.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 26 010 kishiga yetgan. Hozirga qadar 16 928 kishi sog‘aygan, 264 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 25 049 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tish uchun Samarada yana 1,2 ming o‘zbekistonlik to‘plandi

Qirg‘izistonda 8-iyul holatiga ko‘ra yana 345 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 183 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 8486 kishiga yetdi, ularning 112 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2983 nafar bemor davolangan.

Mavzuga doir: Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken viloyatiga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 194 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 384 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 20 151 bemor tuzaldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 126 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 920 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Afg‘oniston prezidentining homiysi bo‘lgan o‘zbek biznesmeni Turkiyada koronavirusdan vafot etdi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6315 kishiga yetdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 53 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 53 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 53 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4965 (78,4 foiz) bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir:Qozog‘iston va O‘zbekistondan yurtiga qaytgan 70 nafar Tojikiston fuqarosida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 8-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 838 kishini tashkil etmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda 6 811 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, mamlakatda kasallikdan vafot etganlar soni 41 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют