» » “O‘zbekistonda kuniga 1—1,5 mingta koronavirusga chalinish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimimiz qulaydi” — Habibulla Oqilov

“O‘zbekistonda kuniga 1—1,5 mingta koronavirusga chalinish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimimiz qulaydi” — Habibulla Oqilov


Kasallanganlar soni kuniga 350 taga ko‘payyapti, degani — bu “biz bilgan statistika”, aslida kasallanganlar soni bundan ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov 8-iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Kasallanganlar soni kuniga 350 taga ko‘payyapti, degani — bu biz bilgan statistika. Buni orasida hali qancha tahlilga yetib bormagan, lekin aslida kasallangan, simptomsiz yurgan bemorlar soni ikki-uch barobar ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. Ahamiyat bergan bo‘lsanglar, boshida bizda PZR-tahlil bilan muammo bo‘lgani yo‘q. Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi qoshida, Respublika OITSga qarshi kurash markazi va uning hududiy filiallarida, Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida, viloyatlarda qo‘yilgan PZR-apparatlari yetarli darajada tahlillarni chiqarib bera olayotgan edi.

Lekin kasallanish holatlarining ko‘payishi hisobidan hozirgi kunda kuniga jami 20—22 ming tahlil qilayotgan bo‘lsak ham, tahlillar bo‘yicha talabni qondirib bera olmayapmiz. Chunki besh-olti soatda javobi chiqayotgan bo‘lsa, hozir yig‘ilib qolgan namunalar, paydo bo‘lgan navbatchilik hisobiga PZR-tahlilining javobi chiqishiga ikki-uch kun, hatto bir haftagacha vaqt ketib qolyapti, bu vaqtning ichida esa PZRi bormi-yo‘qmi deb gumonda turgan bemor xalqning ichida yuribdi, kun sayin beshtaga yuqtiryapti, u besh kishi boshqa 25 kishiga yuqtirib, kasallarning soni shu tariqa ko‘payib ketyapti.

Hozir davlat rahbarining topshirig‘i bilan yana 60 ta PZR-apparati olib kelindi, ular uchun hozir shifokorlarni o‘qitib beryapmiz, ularni qo‘yamiz, sonini ko‘paytiramiz. Lekin yuqtirish zanjirini hozir bo‘lib qo‘ymasak, ertaga kuniga 350 ta emas, har kuni mingtadan, Xudo ko‘rsatmasin, 1,5 mingtadan qo‘shila boshlasa, u holda respublika sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq kollapsga tushib qoladi, qo‘shni mamlakatlar ahvoliga tushib qolamiz — kasalxonaga bemor qo‘lda ko‘tarib kelishyapti, kasalxona eshigini taqillatyapti, lekin ichkaridan ochayotgani ham yo‘q, chunki joy ham yo‘q, iloji ham yo‘q, dori-darmon ham yo‘q, dorixonalar yopiq, koyka-o‘rinlar yo‘q, kasalni ko‘tarib qayerga borishni bilmaydi, uyda o‘tiribdi. Bu — kollaps.

Habibulla Oqilov, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor

Mavzuga doir: “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar poyoniga yetdi, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Bo‘sh koyka-o‘rinlar qolmadi” — Habibulla Oqilov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют