» » Tashqi ishlar vazirligi “G‘isht ko‘prik” chegara posti yaqinida 3 ming nafardan ziyod o‘zbekistonlikning to‘planganini tasdiqladi

Tashqi ishlar vazirligi “G‘isht ko‘prik” chegara posti yaqinida 3 ming nafardan ziyod o‘zbekistonlikning to‘planganini tasdiqladi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi Qozog‘iston bilan chegara hududida 3000 nafardan ziyod o‘zbekistonlikning to‘plangani yuzasidan rasmiy axborot berdi.

“O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda ‘Jibek joli’—‘G‘isht ko‘prik’ nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 3000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosining to‘planishi kuzatilmoqda.

Bosh konsulxona xodimlari nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lib turibdi, fuqarolar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilinmoqda, vaziyat umumiy nazoratga olingan”, — deyiladi TIV xabarida.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 1-iyuldan buyon 2700 dan ortiq o‘zbekistonlik, asosan kasallar, qariyalar, homilador va yosh bolali ayollar O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda texnik sabablarga ko‘ra fuqarolarning davlatlararo chegaradan o‘tishi cheklangan miqdorda amalga oshirilgan.

“Jibek joli” o‘tkazish punkti orqali fuqarolarning O‘zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog‘liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi”, — deyiladi TIV axborotida.

Avval 7-iyulda Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tish uchun Samarada yana 1,2 ming o‘zbekistonlik to‘plangani, keyinchalik O‘zbekistonga qaytish uchun Rossiya—Qozog‘iston chegarasida 2000 dan ortiq fuqaro to‘plangani haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют