» » UFC 251 asosiy jangi ishtirokchisi Xorxe Masvidalning murabbiyida koronavirus aniqlandi

UFC 251 asosiy jangi ishtirokchisi Xorxe Masvidalning murabbiyida koronavirus aniqlandi


Yarim o‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Xorxe Masvidalning murabbiyi Mayk Braun UFC 251 musobaqasi oldidan koronavirusga chalindi.

Mazkur ma’lumotni Braunning o‘zi tasdiqladi va o‘zini yaxshi his qilayotganini aytdi. Braundan tashqari jamoaning yana bir murabbiyi Gabriel de Oliveyrada ham infeksiya aniqlangan.

Masvidalning o‘zi musobaqa o‘tadigan joy — Abu-Dabiga yetib kelgan va karantinda saqlanmoqda. Avvalroq sportchi koronavirus test topshirgan va tahlillar salbiy natija bergandi.

Eslatib o‘tamiz, Masvidal 12-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 251 musobaqasi asosiy jangida o‘rta yengil vazn toifasi chempioni Kamaru Usmonga qarshi jang qiladi.

Aslida Usmon Gilbert Byornsga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq Byornsda koronavirus aniqlangan va uning o‘rinini Masvidal egallagandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют