» » PFL karantin cheklovlari sabab ikkita musobaqani to‘xtatdi

PFL karantin cheklovlari sabab ikkita musobaqani to‘xtatdi


Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati uchrashuvlari koronavirus tufayli joriy qilingan yangi cheklovlar sabab noma’lum muddatga qoldirildi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar bir qator karantin cheklovlari joriy etildi. Ular orasida sport zallari faoliyatini cheklashga doir band ham bo‘lib, aynan shu sabab futzal chempionati o‘yinlari to‘xtatilgan.

Shuningdek, PFL futbol bo‘yicha Birinchi Liga mavsumini ham vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. 9-iyul kuni liga klublari vakillari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

“Birinchi Liga musobaqasida ishtirok etuvchi klublarning moliyaviy imkoniyati yuqori ligalar jamoalarinikidan farq qiladi. Birinchi Liga jamoalari boshqa viloyatlardagi o‘yinlarga ko‘p holatlarda o‘yin kuni borib qaytadi va asosan yo‘nalishsiz taksi xizmatidan foydaladi. Ayni holatda esa viloyatlar orasida transport vositalarining harakati cheklandi. Ruxsat etilgan boshqa transport vositalaridan foydalanish, mehmonxonalar va boshqa xarajatlar esa tabiiyki, liga klublariga qiyinchilik tug‘diradi.

Videokonferensiyada yuqoridagi kabi omillarni hisobga olgan holda, Birinchi Liga musobaqalarini karantin choralari yumshatilguniga qadar vaqtincha to‘xtatib turish maqsadga muvofiq deb topildi. Futbol klublari esa ruxsat etilgan vaqtlarda mashg‘ulotlarni davom ettiradi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

Mavzuga doir: Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi ayollar jamoasi karantinga olindi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют