» » Xitoyda bir sutkada 9 kishida, Janubiy Koreyada esa 50 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda bir sutkada 9 kishida, Janubiy Koreyada esa 50 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 9 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlandi, bemorlarning 42 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, aniqlangan yangi kasallanish holatlarining barchasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 581 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 590 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 357 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 112 nafari kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir:

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 50 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 13 293 nafarga yetdi.

Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 28 tasida virus mamlakatning o‘zida, qolgan 22 tasida chetdan yuqtirilgan.

Sutka davomida 49 kishi sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 12 019 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallik qurbonlari soni 287 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют