» » Qashqadaryoda kuchaytirilgan karantin sabab 1265 nafar bola oromgohlardan uyiga qaytdi

Qashqadaryoda kuchaytirilgan karantin sabab 1265 nafar bola oromgohlardan uyiga qaytdi


Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev kuchaytirilgan karantin sabab oromgohlarda dam olayotgan bolalar uyiga qaytarilishini ma’lum qildi. Bu haqda viloyat hokimining qashqadaryoliklarga murojaatida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Viloyat kasaba uyushmalari qo‘mitasi mas’ul xodimi Fayzulla Mahmudovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, viloyat hokimi topshirig‘idan so‘ng oromgohlarda qolgan 270 nafar bola ham 9-iyul, payshanba kuni o‘z uyiga qaytarilgan.

“Joriy yilgi mavsumda oltita oromgohda ikki navbat asosida 1265 nafar bola hordiq chiqardi. Kuchaytirilgan karantin sabab ayni kunda barcha bolalar o‘z uyiga qaytarildi”, — deydi Fayzulla Mahmudov.

Zoir Mirzayevning viloyat ahliga qilgan murojaatida ta’kidlanishicha, viloyatda 2020-yil 8-iyul kuni 161 nafar fuqaroda koronavirus chiqqan bo‘lsa, kasallanganlarning 34 nafari mahalliy aholi vakillari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatning G‘uzor tumanida qurilayotgan Uzbekistan GTL zavodi qurilishida qatnashayotgan 127 nafar kishida koronavirus aniqlangani, qashqadaryolik shifokor esa oilaviy tadbir va deputatlar bilan uchrashuvda 30 kishiga koronavirus yuqtirgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют