» » Tojikistonda pandemiya sabab qiyin ahvolga tushib qolgan aholi qatlamiga bir martalik yordam puli tarqatiladi

Tojikistonda pandemiya sabab qiyin ahvolga tushib qolgan aholi qatlamiga bir martalik yordam puli tarqatiladi


Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatda pandemiya tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan ijtimoiy zaif aholi qatlamiga eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida (40 AQSh dollari atrofida) bir martalik yordam puli ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Ta’kidlanishicha, yordam puli fuqarolarning bank kartalariga tashlab beriladi, agar kartasi bo‘lmasa, naqd pul shaklida beriladi.

Tojikiston Moliya vazirligi ushbu qarorga muvofiq tashkil etilgan aholining zaif qatlamlariga bir martalik yordamni to‘lash uchun belgilangan tartibda mablag‘ ajratadi. Mamlakat Hisob palatasiga ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini tekshirish va uning natijalari bo‘yicha Tojikiston hukumatiga tegishli ma’lumotlarni taqdim etish vazifasi qo‘yilgan.

O‘zbekistonda Respublika maxsus komissiyasining 11-iyuldagi qaroriga ko‘ra, hozirgi kunda 20 kunlik karantin davrida moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj 120 mingga yaqin oilalarni davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Qozog‘istonda aholiga karantin sabab ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют