» » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar orasidagi 60-o‘lim holati qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar orasidagi 60-o‘lim holati qayd etildi


Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan 65 yoshli M.X. ismli ayol vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

SSV xabariga ko‘ra, Olmazor tumanida yashovchi 65 yoshli M.X.da so‘nggi ikki haftada tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, yo‘tal kuzatilib, u uyida davolangan. Tana harorati tushmagach, COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan.

Bemor Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, M.X. yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

65 yoshli M.X. koronavirus bilan kasallangani aniqlangan va infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan 60-bemor bo‘ldi. Bungacha O‘zbekistonda 59 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.

O‘zbekistonda 12-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 12 855 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют