» » JSST koronavirus dunyoda to‘rt ssenariy asosida tarqalayotganini aytdi

JSST koronavirus dunyoda to‘rt ssenariy asosida tarqalayotganini aytdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoning turli mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining to‘rtta ssenariysini aytib o‘tdi. Bu haqda tashkilot brifingida ma’lum qilindi.

Birinchi ssenariyga ko‘ra, epidemiya Janubi-sharqiy Osiyo, Tinch okeani, Karib dengizi va Afrika mamlakatlarida rivojlangan bo‘lib, ular vaziyatni nazoratga olgan.

Ikkinchi ssenariyga ko‘ra, Yevropada tarqalgan bo‘lib, kasallik keng o‘choqlari avj olgan. Ammo “kuchli rahbariyat va aholining asosiy tavsiyalarga amal qilishi natijasida” ularni bostirishga erishildi. “Yevropaning ko‘plab mamlakatlari virusning yirik o‘choqlarini nazoratga olish mumkinligini isbotladi”, — deydi JSST rahbari.

Uchinchi ssenariy kasallik birinchi to‘lqinning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tgan, ammo karantinni yumshatib hozirgi kunda kasallik yana avj olishiga duch kelgan mamlakatlarda (Gebreyesus aynan qaysi mamlakatlar ekaniga aniqlik kiritmagan) amalga oshmoqda. “Dunyoning bir qator mamlakatlarida biz kasallanish holati ortayotganining guvohi bo‘lyapmiz, kasalxonalar yana to‘lmoqda”, — deb ta’kidlagan u.

To‘rtinchi ssenariy Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Osiyo va Afrikaning ayrim mamlakatlarida kuzatilgan kasallanishlar sonining keskin oshishidir. Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasining episentri sifatida ikki Amerika qolayotgan bo‘lib, ularga jami kasallanganlarning 50 foizi to‘g‘ri keladi.

“Men avval ham aytganman va yana qaytaraman: mamlakat epidemiologik chiziqning qayerida bo‘lmasin, qat’iy choralar ko‘rishga hech qachon kech emas”, — deb ta’kidlagan JSST rahbari.

Jons Hopkins ma’lumotlarida dunyo bo‘yicha 13,1 million kishi COVID-19 bilan kasallangani, bemorlarning 573 mingdan ortig‘i vafot etgani qayd etilgan.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus koronavirus pandemiyasi tugamayotgani, aksincha tezlashayotganini ma’lum qilgandi. Tashkilotning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ham koronavirus o‘zgarmagani, kasallikning jiddiyligi avvalgidek qolganini aytgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют