» » 15-iyuldan Rossiyaga xorijdan kelganlar uchun majburiy ikki haftalik izolyatsiya rejimi bekor qilinadi

15-iyuldan Rossiyaga xorijdan kelganlar uchun majburiy ikki haftalik izolyatsiya rejimi bekor qilinadi


15-iyuldan boshlab Rossiyaga kelgan odamlar uchun 14 kunlik majburiy izolyatsiya rejimi bekor qilinadi. Bu haqda Meduza nashri xabar qildi.

Mamlakatga tashrif buyuruvchilarda Rossiyaga kelishidan uch kun oldin yoki kelgandan so‘ng uch kun ichida olingan COVID-19 uchun manfiy javobli test sertifikati bo‘lishi kerak. Manfiy test javobi yoki salomatligi yomonlashishi bilan ular o‘zlarini izolyatsiya qilishlari kerak bo‘ladi.

Rossiya fuqarolari esa xorijdan mamlakatga qaytgandan keyin uch kun ichida koronavirusga test topshirishlari lozim.

Ma’lumot uchun, 18-martdan Rossiyaga kelganlar uchun majburiy ikki haftalik karantin joriy etilgan edi. Mart oyi oxirida Rossiya chet elliklar uchun chegarani yopdi. Ruslarga mamlakatga qaytishga ruxsat berildi, ammo shundan keyin ular 14 kunlik karantinga olinar edi.

O‘tgan hafta bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova 15-iyuldan boshlab Rossiya boshqa davlatlar bilan havo aloqalari bo‘yicha muzokaralarni boshlashini ma’lum qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют