» » Shavkat Mirziyoyev noma’qul illatlarni jamiyatdan chiqarish uchun ayollarga imkoniyatlar yaratish lozimligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev noma’qul illatlarni jamiyatdan chiqarish uchun ayollarga imkoniyatlar yaratish lozimligini ta’kidladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-iyul, seshanba kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbayi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ayollarga imkoniyatlar yaratish haqida gapirdi.

“Qo‘limizga qalam olib ayollarga imkoniyat yaratib, ularni ‘siz’ deb, jamiyatda ‘o‘rningiz boshqacha’ deb e’lon qilsak, ko‘plab noma’qul narsalar, O‘zbekistonda paydo bo‘lgan illatlar sekin-sekin jamiyatimizdan chiqib ketadi”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: ayollarning jamiyatdagi o‘rnini, O‘zbekiston erishayotgan yutuqlardagi beqiyos hissasini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi

Shuningdek, videoselektorda Jahon bankining 2 million dollar mablag‘i doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini ta’minlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi ham qayd etilgan, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют