» » O‘zbekistonda elektr va gaz hisoblagichlarni erkin tanlash huquqi berilishi mumkin

O‘zbekistonda elektr va gaz hisoblagichlarni erkin tanlash huquqi berilishi mumkin


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Iste’molchilarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ular tomonidan bildirilayotgan takliflarni inobatga olish maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish priborini o‘z xohishiga ko‘ra tanlash huquqini berishni taklif qildi.

Qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qaror loyihasi bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan taqdim etilgan elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish pribori, maishiy iste’molchilarga ma’qul bo‘lmasa yoki ulardagi mavjud shart-sharoitlarni inobatga olgan holda o‘rnatish uchun mos kelmasa, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish priborini o‘z hohishiga ko‘ra tanlash huquqi taqdim qilinmoqda.

Bunda, iste’molchi O‘lchash vositalarining davlat reyestriga kiritilgan, shuningdek elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan boshqa turdagi elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish priborini o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilishi, davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazishi lozim.

Hisoblagichlar hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan bepul o‘rnatilib, plombalanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ushbu qaror loyihasi muhokamasi 24-iyulgacha davom etadi. Uning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yilgacha 7 millionta aqlli elektr hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgandi. Biroq, bunday hisoblagichlar o‘rnatila boshlaganidan buyon iste’molchilar yangi elektr hisoblagichlar ko‘rsatkichlarni ko‘paytirib qayd etayotganidan e’tiroz bildira boshladi. O‘zbekiston Energetika vazirligi ushbu muammolar mutaxassislar tomonidan hal etilishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda gaz hisoblagichlarni o‘rnatish va ta’mirlash bepul amalga oshirilishi belgilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют