» » Xalk: “Xitoyda ortiq o‘ynashni xohlamayman”

Xalk: “Xitoyda ortiq o‘ynashni xohlamayman”


Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi hujumchisi Xalk amaldagi shartnomasi tugaganidan so‘ng Xitoy Superligasini tark etishga qaror qilganligini aytdi.

“Dekabr (2020-yil) oyida shartnomam tugaydi. Rahbariyat bilan uchrashib, shartnomani uzaytirmoqchi emasligimni aytganman. Menga turli mamlakatlardan, Chempionlar Ligasida o‘ynaydigan Yevropa klublaridan va Braziliyadan ko‘plab takliflar tushmoqda. Hatto Xitoyning o‘zidan ham takliflar bor, biroq bu yerda ortiq o‘ynashni xohlamayman”, — deydi Xalk.

Eslatib o‘tamiz, Xalk 2016-yildan beri “Shanxay SIPG” klubida o‘ynab keladi. 33 yoshli braziliyalik futbolchi Xitoy klubidan tashqari, “Zenit” va “Portu” klublarida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ham aynan “Shanxay SIPG” klubi a’zosi hisoblanadi. Hozirda Xitoy Superligasi bahslari koronavirus pandemiyasi sabab boshlangani yo‘q.

Mavzuga doir: Odil Ahmedov harakat qiladigan Xitoy Superligasida yangi futbol mavsumi qachon boshlanishi aniq bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют