» » Chempionlar ligasining so‘nggi turida mag‘lub bo‘lgan “Shanxay SIPG” guruh peshqadami bo‘la olmadi

Chempionlar ligasining so‘nggi turida mag‘lub bo‘lgan “Shanxay SIPG” guruh peshqadami bo‘la olmadi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori harakat qiladigan Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasining so‘nggi turida ham mag‘lub bo‘ldi.

Avstraliyada “Vestern Sidney” mehmoni bo‘lgan shanxayliklar safida Xalk va Oskar maydonga tushmadi. Legionerlardan Odil Ahmedov va Elkesen to‘p surgan bellashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Parallel o‘yinda Yaponiya klubi Seulda mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, kunchiqar yurtning “Urava Red” klubi guruhni peshqadam sifatida yakunladi. “Shanxay SIPG” bunga qadar Yaponiyada aynan shu jamoadan 0:1 hisobida yengilgandi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“F” guruhi. 6-tur
10-may, chorshanba

Gollar: Vu Li, 1 (0:1). Kusukami, 3 (1:1). Lustika, 6 (2:1). Elkeson, 23 (2:2). Sotirio, 89 (3:2).

O‘zbekistonning ikki yetakchi klubi Chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘ta olmagani inobatga olinsa, endi turnirda o‘zbekistonlik faqat bir nafar futbolchi qoldi.

Nimchorak finalda Xitoyning ikki klubi o‘zaro to‘qnash kelib qoldi. Unga ko‘ra, Odil Ahmedov jamoadoshlari chorak finalga chiqish uchun “Jiangsu” klubini ortda qoldirishi kerak bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют