» » Qashqadaryoda ozini eplolmagan va bankdan qarzdorligi bolgan gisht zavodi auksionda sotildi. Biroq zavodning sobiq egalari buni tan olmayapti

Qashqadaryoda ozini eplolmagan va bankdan qarzdorligi bolgan gisht zavodi auksionda sotildi. Biroq zavodning sobiq egalari buni tan olmayapti


Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida bir necha yildan beri ozini eplolmagan va tayinli ish bajarmagan gisht zavodi bankdan qarzdorligi sabab auksionda sotildi. Zavodni sotib olib, qariyb bir milliard som investitsiya kiritgan tadbirkor esa zavodning sobiq egalari qarshiligiga uchramoqda.

Bu haqda Daryogashikoyat qilgan tadbirkor Bahrom Xoliyorovning aytishicha, mazkur muammo uch marotaba Oliy sud tomonidan korib chiqilib, tadbirkor foydasiga hal qilingan bolsa-da, tadbirkor haligacha sotib olgan obyektida ish boshlay olmagan.

2018-yil 19-fevral kuni E-ijro auksionda qatnashib, Qashqadaryo neft-gaz qurilish va tamirlash AJga qarashli Kitob tumanining Sevaz QFY, Sariosiyo qishlogida joylashgan Kitob gisht zavodini 690 million somga sotib oldik. Xitoy davlatidan 592 million somga gisht ishlab chiqaruvchi dastgoh keltirib, ornatdik. Qariyb 26 million somga transformator qoydik. 268 million somga qarovsiz qolgan hududni tozalab, issiqxona uchun joy hozirladik. 85 million somga esa gisht quritish uchun joy tayyorladik. Xullas, gisht zavodini sotib olganimizdan song ham yana salkam bir millard som mablag sarflab, shart-sharoit yaratgan bolsak-da, ishlolmayapmiz. Sababi zavodning sobiq egalari bunga qarshilik korsatmoqda, deydi Nasaf neft-gaz qurilish va tamirlash MChJ rahbari Bahrom Xoliyorov.

Tadbirkorning aytishicha, gisht zavodi auksionda sotilgan bolishiga qaramay, shu paytga qadar zavodga egalik qilib kelgan Qashqadaryo neft-gaz qurilish va tamirlash AJ rahbariyati asossiz bahonalar bilan tadbirkorning ish boshlashiga tosiq bolmoqda.

Malum bolishicha, Qashqadaryo neft-gaz qurilish va tamirlash AJga qarashli Kitob gisht zavodi samarali faoliyat yuritishi uchun 2015-yil MChJ maqomini olgan. Va Oybek Eshov rahbarligida mustaqil faoliyatini boshlagan. 2016-yilning 9-noyabr kuni Asaka bankning Qashqadaryo viloyat filialidan gisht ishlab chiqarish uchun komir sotib olish maqsadida 200 million som kredit olgan. Kredit oz vaqtida qaytarilmagani bois, 35 million som qarzdorlik yuzaga kelgani va mablag maqsadli foydalanilmayotgani uchun bank rahbariyati 2017-yil 3-iyul kuni zavod direktori Oybek Eshovga ogohlantirish xati bergan. Zavod rahbariyatini ogohlantirgan bank besh bank ish kunida qarzdorlik bartaraf etilmasa, sudga murojaat qilishini malum qilgan.

Kitob gisht zavodi rahbariyatiga Asaka bankning ogohlantirish xatlari kor qilmagandan song bundan norozi bolgan bank sudga murojaat qiladi. 2017-yilning 17-noyabr kuni mazkur ishni korib chiqqan Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudi bankning 181 million 836 som puli va 3 million 460 ming som kredit foizini undirish haqida qaror chiqaradi va garovdagi gisht zavodi binosini mulkiy majmua sifatida boshlangich narxini 250 million som baholab, sotuvga qoyadi.Mazkur ishijrosi yuklatilgan MIB Kitob tuman bolimi esa 2017-yilning 28-dekabr kuni zavod rahbariyatiga murojaat qilib, zavod elektron onlayn-auksionda sotilishi haqida ogohlantiradi. Hech qanday javob bolmagach, gisht zavodi 2018-yilning 5-yanvar kuni savdoga qoyiladi. 2018-yilning 19-fevral kuni Nasaf neft-gaz qurilish va tamirlash MChJ tomonidan 690 million 494 somga sotib olinadi.

Gisht zavodi bizning tashkilotimiz tarkibida bolsa-da, sotuvga qoyilayotgani haqida bizni ogohlantirishmagan, deydi Qashqadaryo neft-gaz qurilish va tamirlash AJ boshqaruv raisi Asliddin Rahmatov.

Asliddin Rahmatovning malumot berishicha, Qashqadaryo neft-gaz qurilish va tamirlash AJ rahbariyati gisht zavodining sotilishi haqida xabar topgach, 200 million som kreditdan qarzdorlikni ikki marta 100 million somdan bolib tolaydi. Ammo kech qoladi. Zavod auksionda sotib bolinadi.

Eng qizigi, zavodimiz auksionda sotib bolingan bolishiga qaramasdan, bank bizning pulimizni qabul qildi va qarzdorlik yopildi deb xat berdi. Ammo MIB ham, auksion savdoni otkazuvchi masullar ham, hatto sud ham dastlab bizni nohaq deb topib, zavoddan bizni majburiy tartibda chiqarish haqida qaror chiqardi. Va bizning ishimiz toxtadi, deydi Asliddin Rahmatov.

Takidlanishicha, Kitob gisht zavodi mazkur muammolar sabab 2018-yildan ish faoliyatini toxtatgan.Tadbirkor Bahrom Xoliyorovning qoshimcha qilishicha, zavod 2015-yildan beri tayinli ish bajarmagan.

Zavod songgi tort yilda yiliga ortacha 400 million somdan jami 1 milliard 200 million somlik zarar bilan ishlagan, deydi Bahrom Xoliyorov. Alohida qozonda zarari korinib qolavergan gisht zavodi 2018-yilning 18-yanvar kuni yana Qashqadaryo neft-gaz qurilish va tamirlash AJ tarkibiga qoshib yuborilgan. Bundan kozlangan maqsad esa zavodning zarar bilan ishlayotganligini yashirish edi, deydi Bahrom Xoliyorov.

Bahrom Xoliyorovning gumoni qay darajada togri yoki notogriligini bilish maqsadida Qashqadaryo neft-gaz qurilish va tamirlash AJ rahbariyatidan 20152017-yillarda zavod ishlab chiqargan gisht va undan tushgan daromad haqida malumot soradik. Biroq gisht zavodi rahbariyati ham, Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ rahbariyati ham bu haqda rasmiy malumot taqdim etolmadi.

Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ tomonidan qoralama sifatida taqdim etilgan, ammo tasdiqlanmagan malumotga kora, gisht zavodi 20152018-yillarda 3 milliard 689 million somlik xom hamda pishiq gisht ishlab chiqargan. Ammo nechtasi sotilgan, sof daromad qancha degan savollar ochiq qoldi.

Gisht zavodimiz 20152018-yillarda salkam 4 milliard somlik mahsulot ishlab chiqargan. Ammo bu mahsulotlarning barchasi ham sotilmagan. Mahsulot ishlab chiqarilgani uchun biz daromad hisobiga qoshganmiz, deydi Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ xodimi Rashid Jabborov.

Malum bolishicha, gisht zavodi tort yilda salkam tort milliard somlik mahsulot ishlab chiqargan bolsa-da, amalda 200 million somlik kreditini ham yopolmagan. Demak, tort milliard somlik mahsulot ishlab chiqargan zavod 200 million som mahsulotini ham sotolmagan bolib chiqadimi?

Togri, ishlab chiqarish bolgan. Zavod umuman toxtab qolgan deyish xato. Ammo ishlab chiqarilgan mahsulot faqat va faqat naqd pulga sotilgan. Kirim-chiqim pullari rasmiylashtirilmagan. Shu bois ham zavod ozini ozi eplolmagan va 200 million kreditini ham tololmagan, deydi Bahrom Xoliyorov.

Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ raisi Asliddin Rahmatovning malumot berishicha, Kitob gisht zavodi 1973-yildan boshlab faoliyat yurita boshlagan bolib, 15 gektar yer maydoniga ega. 2018-yilga qadar zavodda 40 nafar xodim faoliyat yuritgan.

Zavodning auksiondagi boshlangich narxi ham 250 million som deb korsatilib, 690 million somga juda arzon sotilgan. Zavodning osha paytdagi narxi 3 millard somdan kam bolmasligi kerak edi. Bu yerda bankning oyini bolgan, deydi Asliddin Rahmatov.

Tadbirkor Bahrom Xoliyorovning gapiga kora, zavod narxining past korsatilishi va zavodning auksionga chiqishidan Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ masullari manfaatdor bolgan.

Zavodni tort yil davomida bankrotlik yoqasiga olib kelgan va arzimagan pulga sotib olishni moljal qilgan Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ masullari onlayn savdoga bizning kirishimizni kutmagan. Va zavod auksionga qoyilib, sotilgunga qadar jim turishgan. Natija ular kutgandek bolib chiqmagach, endi sudma-sud yurib, bizning ishimizga tosqinlik qilishmoqda, deydi Bahrom Xoliyorov.

Har ikki tomonning tortishuvi zavodda faoliyat yuritib kelayotgan ishchilarga ham tasir qilmay qolmagan.

Daryo muxbiri bilan suhbatlashgan zavod ishchilari Faxriddin Torayev, Shukrullo Musayev, Qurbonali Xudoyev, Inomiddin Akromovning aytishicha, har ikki tomon ortasidagi mojaro zavod ishining toxtab qolishiga sabab bolgan.

Har oy shu zavoddan 750-800 ming som ish haqi olardik. Rozgorimiz shu yerda otardi. Endi esa har ikki tomonning tortishuvi sabab ish toxtatilgan. Biz esa ishsizmiz, deydi 35 yildan buyon shu zavodda ishlab kelgan Faxriddin Torayev. Ishimizni davom ettiraylik desak, Bahrom Xoliyorov Milliy gvardiya xodimlarini olib kelib, bizning zavodga kirib-chiqishimizga tosqinlik qildi.

Aniqlanishicha, tadbirkor Bahrom Xoliyorov gisht zavodini sotib olgach, xorijdan gisht ishlab chiqaruvchi dastgoh olib kelgan vaatrofdagi chiqindilarni tozalab, pishiq gisht uchun joy hozirlagan. Ammo zavodning sobiq egalari auksion savdo natijasini tan olmay, hududdan chiqmagan.

Nasaf neft-gaz qurilish va tamirlash MChJ rahbariyati esa bu ozboshimchalikni toxtatish uchun Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilgan va gisht zavodining sobiq rahbariyatini majburiy tartibda chiqarishni soragan. Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ ham sudga shikoyat kiritib, 2018-yil 19-fevralda otgan auksion savdo bayonnomasini haqiqiy emas deb topishni soragan. Sudning 2019-yil 23-yanvar kunidagi qarorida Nasaf neft-gaz qurilish va tamirlash MChJ talabi qondirilib, zavodning sobiq rahbariyati zavod hududidan majburiy chiqarilishi takidalanadi. Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ rahbariyatining auksion savdo bayonnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyati esa rad etiladi.

Mazkur ishni Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJning kassatsiya shikoyati asosida korib chiqqan Xorazm viloyat iqtisodiy sudi ham rad etadi. 2019-yil davomida mazkur etirozni korib chiqqan Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi va Surxondaryo viloyat iqtisodiy sudi ham shikoyatni rad etadi.

Birinchi va kassatsiya instantsiyalarining ajrim va qarorlaridan norozi bolgan Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ shikoyatini 2019-yil 19-iyul kuni Oliy sud korib chiqadi.Shikoyat yana rad etiladi.

Nasaf neft-gaz qurilish va tamirlash MChJ Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilib, Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJdan 678 million zarar undirishni soraydi. Sud davoni qisman qanoatlantirib, 312 million som zarar undirish haqida qaror chiqaradi. Ushbu qaror apellyatsiya tartibida korib chiqilib, hal qiluv qarori oz kuchida qoldiriladi. Bu orada Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ yana Oliy sudga murojaat qiladi. Oliy sud qarorlar asosli bolganligi uchun, 2020-yil 8 iyundagi 4-1801-1902/5505 sonli ajrimi bilan nazorat tartibidagi shikoyatni qarorlar togri korilganligi uchun Sudlov hayatiga otkazishni rad etish togrisida ajrim qabul qiladi va auksion golibini haq deb topadi. Bu orada Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ yana Oliy sudga murojaat qiladi. Oliy sud davoni yana rad etadi. Ammo 2020-yilning 5-iyul kuni Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJning 2018-yil 19-fevraldagi kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topishni sorab yozgan shikoyatini korib chiqqan Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudi ozining qarori bilan tashkil etilgan auksion savdosini haqiqiy emas deb topadi. Va ikki yillik muammoning yana davom etishiga zamin yaratadi.

Bizni ajablantirgani Oliy sud rad etgan shikoyatni Shahrisabz tumanlararo sudi qanoatlantiryapti va muammoni yanada chigallashtirmoqda. Biz esa 690 million somga zavodni sotib olganimiz yetmagandek, yana salkam bir milliard xarajat qilib, muammoga duch kelib otiribmiz. Aslida, dunyo tajribasida auksion savdo natijasi sudda muhokama qilinmaydi. Bizda esa ish sudda tort-besh marta korilgani yetmagandek, Oliy sud rad etgani, tuman sudi qollab-quvvatlab turishi judayam kulgili, deydi Bahrom Xoliyorov.

Bahrom Xoliyorov bu kabi seriyali sud majlislari faoliyatiga zarar yetkazayotganini, tadbirkor sifatida tikilgan mablagi daromad keltirmasdan, muzlab qolayotganibois tadbirkorlikdan soviyotganini qoshimcha qildi.

Shu paytga qadar gisht zavodidan maqsadli foydalanib, daromad olmagan Qashqadaryoneft-gaz qurilish va tamirlash AJ sud jarayonlarida qatnashib yurishdan charchamaydi. Boisi, u biz kabi bu ishga katta mablag tikmagan. Biz esa vaqt yoqotyapmiz, sarflagan milliarddan ortiq pulimiz muzlab yotibdi, deydi Bahrom Xoliyorov.

Bahrom Xoliyorovning malumot berishicha, gisht zavodini sotib olganiga va barcha shart-sharoitni yaratganiga qaramasdan ikki yil davomida umuman gisht ishlab chiqarmagan.

Achinarlisi bu gavgolar yetmaganidek, Davlat geologiya va mineral resurlar qomitasi raisi Bobir Islomov 2020-yil 7-aprel kuni gisht ishlab chiqarish uchun litsenziya sorab yozgan murojaatimizgahaligacha javob bermagan. Xullas, tadbirkor sifatida faqat va faqat zarar koryapmiz. Bilmadim, bu mashmashalar qachongacha davom etadi-yu, qachon biz ishni boshlaymiz, bunisi qorongu, deydi Bahrom Xoliyorov.

Yaxshi niyatda katta mablag tikib, tadbirkorligini rivojlantirishni maqsad qilgan, ammo sudma-sud yurishdan charchagan tadbirkor muammosi tez orada yechim topishidan umidvormiz. Daryo esa albatta mavzuga qaytadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-07-2020, 23:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 9) ( 0) ( 8) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -