» » Besh o‘yinchi almashtirish qoidasi 2020/21-yilgi mavsumda ham o‘z kuchida qoladi

Besh o‘yinchi almashtirish qoidasi 2020/21-yilgi mavsumda ham o‘z kuchida qoladi


Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) bir o‘yinda beshta o‘zgarish amalga oshirish qoidasini kelasi mavsumda ham o‘z kuchida qoldirdi.

Avvalroq IFAB va FIFA 2020-yilda yakunlanadigan musobaqalarda bir o‘yin davomida besh nafargacha futbolchi almashtirishga ruxsat bergandi.

Koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan musobaqalar restartidan so‘ng o‘yinchilarning jarohat olish ehtimolini pasaytirish uchun mazkur qaror qabul qilingandi.

Futbolchilarning hozirgi holati va 2020/21-yilgi mavsum taqvimining zichligi sabab mazkur qoida muddati uzaytirilgan.

Jamoalar kelasi mavsum ham o‘yin davomida uchta imkoniyatda besh nafar futbolchini maydonga tushirish huquqiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga mazkur qoidalarni joriy qilish yoki undan voz kechish milliy chempionatlar ixtiyorida qoladi.

Bundan tashqari, 2021-yilning avgustiga qadar terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqalarda ham beshta o‘yinchi almashtirish qoidasi amalda bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют