» » Koronavirusga chalingan Sergeli IIO FMB podpolkovnigi vafot etdi

Koronavirusga chalingan Sergeli IIO FMB podpolkovnigi vafot etdi


Koronavirusga chalingani tasdiqlangan yana bir ichki ishlar organi xodimi 12-iyul kuni vafot etgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash guruhi katta mutaxassis-muxandisi podpolkovnik Toshev Abdulaziz Abduvaxobovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi IIV matbuot xizmatit tomonidan 16-iyul kuni e’lon qilingan ta’ziyanomada.

IIV matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, podpolkovnik Abdulaziz Toshev boshqa kasallikdan davolanish maqsadida kasalxonaga yotqizilgan, u davolanish davomida koronavirusga ham test topshirgan va test musbat natija bergan.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют