» » iQOO U1: Xitoyda uchta kameraga ega hamyonbop smartfon taqdim etildi

iQOO U1: Xitoyda uchta kameraga ega hamyonbop smartfon taqdim etildi


Xitoyning iQOO brendi flagman modellarning texnik tavsifiga ega, biroq arzon narxdagi yangi iQOO U1 smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi Gizmochina.

Qurilmaga IPS-matritsali 6,53 dyuymga teng hoshiyasiz displey o‘rnatilgan. Uning ichidan Snapdragon 720G protsessori o‘rin olgan. Smartfon bir necha modifikatsiyada taqdim etiladi: 6/64 Gb, 6/128 Gb va 8/128 Gb. Tezkor xotirasi esa LPPDR4x standarti bo‘yicha ishlaydi. Android 10 operatsion tizimi o‘rnatilgan qurilmaning akkumulyator sig‘imi 4500 mA/soatga teng va 18 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonning orqa qismida uchta kameradan iborat modul joylashgan. Asosiy sensor — 48 megapiksellga teng bo‘lib, uni 2 megapikselli portret kamera va makroobyektiv to‘ldirib turadi. Frontal datchik esa displeydagi kichkina qirqim ichidan o‘rin olgan.

iQOO U1 uch xil rangda taqdim etilgan: ko‘k, qora va oq. Gadjet narxi uning xotirasiga qarab o‘zgarib turadi, masalan, 6/64 gigabaytli versiya 168 dollar bo‘lsa, 8/126 gibabaytlisi — 224 dollar.

Avvalroq Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C modellari 100 dollardan sotuvga chiqarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xiaomi hamyonbop Poco M2 Pro modelini taqdim etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют