» » O‘zbekistonda fuqarolarning COVID-19 haqidagi savollariga javob beradigan Call-markazlar faoliyat boshladi

O‘zbekistonda fuqarolarning COVID-19 haqidagi savollariga javob beradigan Call-markazlar faoliyat boshladi


O‘zbekistonda fuqarolarning COVID-19 koronavirus infeksiyasi haqidagi savollariga javob beradigan Call-markazlar faoliyat boshladi. Bu haqda Telegram’dagi “Rasmiy xabarlar” kanali xabar berdi.

Fuqarolar COVID-19 kasalligi belgilari paydo bo‘lganda birinchi galda qilinadigan ishlar bo‘yicha shu markazlar orqali barcha savollariga javob olishi mumkin. Mazkur markazlar kun-u tun, uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi. Faqat Xorazm viloyati Bog‘ot tumani SEOMda faoliyat yuritadigan markazda qo‘ng‘iroqlar soat 08:00 dan soat 23:00 gacha qabul qilinadi.

Markazlar orqali koronavirus infeksiyasining profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi haqida ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.

Quyida Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlarda faoliyatini boshlagan Call-markazlarning telefon raqamlari bilan tanishish mumkin:

Avval koronavirusning alomatsiz shaklini uyda davolash bo‘yicha savollarga javob beradigan Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli Call-markazi ishga tushgani, shuningdek, fuqarolar yashash joyidagi oilaviy poliklinika, qishloq vrachlik punkti yoki qishloq oilaviy poliklinikasiga telefon orqali murojaat qilish mumkinligi xabar qilingandi.

O‘zbekistonda koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etilgan, 5-iyuldan boshlab koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют