» » Zidan “Real” boshqaruvidagi 11-sovringa ega chiqdi. U har 19 o‘yinda bitta sovrin yutmoqda

Zidan “Real” boshqaruvidagi 11-sovringa ega chiqdi. U har 19 o‘yinda bitta sovrin yutmoqda


Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi chempioniga aylandi.

Bu fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan uchun madridliklar boshqaruvidagi 11-sovringa aylandi.

Shu tariqa Zidan “Real” boshqaruvidagi o‘rtacha har 19 o‘yinda bitta sovrin yutib olmoqda — jami 209 o‘yinda 11 sovrin.

48 yoshli mutaxassis bunga qadar “Real” bilan uchta Chempionlar Ligasi (2015/16, 2016/17, 2017/18), ikkita Yevropa Superkubogi (2016, 2017), ikkita Ispaniya Superkubogi (2017, 2019/20), ikkita klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (2016, 2017) va bitta La Liga (2016/17) sovrinini qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek, Zidan Fabio Kapello davridan (2016-yil) keyin ilk bor ikki marta Primera g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Ushbu natijaga faqat 8 nafar mutaxassis erishgan: Migel Munyos (9 ta chempionlik), Luis Molovni (3), Leo Benxakker (3), Xuan Vilyalonga (2), Milyan Milyanich (2), Fabio Kapello (2), Visente del Boske (2) va Zinedin Zidan (2).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют