» » Toshkentda koronavirusga chalingan 49 yoshli erkak vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 49 yoshli erkak vafot etdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan yana bir bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etganini xabar qildi.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli A.A. ismli erkakda 14-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar ham aniqlangan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

17-iyul kuni mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, gipertoniya va arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar fonida bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

49 yoshli erkak SSV tomonidan koronavirus asoratlaridan vafot etgani e’lon qilingan 81-bemor bo‘ldi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 83 nafarga yetdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют