» » Braziliyalik shifokorlar “Gidroksixloroxin”ni COVID-19’ga qarshi samarasiz deb topdi. O‘zbekistonda bu doridan bemorlarni davolashda foydalanilmoqda

Braziliyalik shifokorlar “Gidroksixloroxin”ni COVID-19’ga qarshi samarasiz deb topdi. O‘zbekistonda bu doridan bemorlarni davolashda foydalanilmoqda


Braziliyalik shifokorlar COVID-19’ga qarshi “Gidroksixloroxin” preparatidan foydalanmaslikka chaqirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Bu preparatni mamlakat prezidenti Jair Bolsonaru qabul qilmoqda, O‘zbekistonda ham koronavirusdan uyda davolanayotgan bemorlarga bepul yetkazib beriladigan dori-darmonlar ro‘yxatiga kiritilgan.

“COVID-19’ni davolashning har qanday bosqichidan ‘Gidroksixloroxin’ni zudlik bilan olib tashlash kerak”, — deyiladi Braziliya infektologlari jamiyati bayonotida.

Olimlar samarasiz va nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaradigan dori-darmonga davlat mablag‘larini sarflamaslik uchun Sog‘liqni saqlash vazirligini koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha siyosatni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Bu preparatni qabul qilayotgan mamlakat prezidenti Jair Bolsonaru esa unga foyda berayotganini ta’kidlamoqda. O‘z vaqtida AQSh prezidenti Donald Tramp ham koronavirusning oldini olish maqsadida qabul qilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasiga qarshi sinovdan o‘tkazilayotgan preparatlar qatoridan “Gidroksixloroxin” olib tashlangani haqida iyul oyida xabar bergandi.

May oyining oxirlarida JSST “Gidroksixloroxin”ning xavfsizligidan xavotirlanib, uning sinovlarini to‘xtatgan, JSST rahbari Tedros Gebreyesus ushbu dori vositasini iste’mol qilganlarda o‘lim darajasi ortganini ma’lum qilgandi. Iyun oyida tashkilot eksperti Anna Mariya Restrepo sinovlar to‘liq to‘xtatilishini bildirgan.

Shuningdek, AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) kasalxonaga yotqizilgan bemorlarni koronavirusdan davolashda bezgakka qarshi “Gidroksixloroxin” preparatidan foydalanishga bergan ruxsatini 15-iyun kuni bekor qilgan. Yangi klinik tadqiqotlar endilikda ushbu dorilarni koronavirusga qarshi samarali deb topishga hech qanday sabab yo‘qligini ko‘rsatgan.

“Biz ilm-fanga tayanishimiz, COVID-19 haqida yanada ko‘proq ma’lumot olganimiz sari bu boradagi qarorlarimiz o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlagandik”, — degan FDA’ning tibbiy va ilmiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Anand Shah.

Ma’lumot uchun, “Gidroksixlorin“ bezgak va revmatologik kasalliklarga qarshi preparatdir. U xinin (xloroxin) moddasining sintetik analogi asosida tayyorlanadi. Tibbiyotda undan 1955-yildan buyon foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilinib, ularga yetkazib beriladigan dori-darmonlar ro‘yxati tasdiqlangandi. Ushbu ro‘yxatga “Gidroksixloroxin”, “Azitromitsin”, “Parasetamol”, “Vitamin C” kabi dori-darmonlar kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют