» » O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xodimlariga qo‘shimcha rag‘batlantirish puli to‘lanadi

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xodimlariga qo‘shimcha rag‘batlantirish puli to‘lanadi


O‘zbekistonda tez tibbiy yordamda faoliyat olib boradigan xodimlarga qo‘shimcha rag‘batlantirish puli to‘lanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 20-iyulda qabul qilingan “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilab qo‘yildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, qarorga muvofiq, 2020-yil 20-iyuldan koronavirus epidemiyasi davrida normativga qo‘shimcha ravishda kecha-yu kunduz navbatchilik qiladigan 1 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar haydovchidan iborat ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi.

Kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik chaqiriqlar sonidan kelib chiqib ixchamlashtirilgan mobil tez yordam brigadalarining vaqtinchalik normativlari tasdiqlanadi.

Avvalroq Toshkent shahrida 3 kunda tez tibbiy yordamning vaqtida yetib bormagani sababli 43 kishi turli kasalliklar bilan vafot etgani xabar qilingandi. Shuningdek, poytaxtning tez tibbiy yordam xizmatida ishlaydigan xodim hozirgi murakkab vaziyat haqida gapirdi.

Toshkent shahar hokimligi koronavirusga qarshi kurash uchun Damas avtomobillarini sotib oldi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют