» » Arturo Vidal 9 yil deganda ilk bor chempionat oltin medallaridan quruq qoldi

Arturo Vidal 9 yil deganda ilk bor chempionat oltin medallaridan quruq qoldi


“Barselona” klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal 9 yil deganda ilk bor chempionlik medaliga ega chiqolmadi.

“Barselona” La Liga 2019/20-yilgi mavsumida chempionlikni Madridning “Real” klubiga boy berib qo‘ydi. Shu tariqa 33 yoshli chililik futbolchining o‘ziga xos seriyasiga yakun yasaldi. Vidal 2011-yildan buyon o‘zi ishtirok etgan klub safida milliy liga chempionligini qo‘lga kiritib kelayotgandi.

Arturo “Yuventus” bilan to‘rt marta (2012, 2013, 2014 va 2015-yillar), “Bavariya” bilan uch bora (2016, 2017, 2018) va “Barselona”da bilan bir marta (2019) chempionlikni nishonlagan.

Vidal La Liga joriy mavsumida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 8 gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют