» » Zoir Mirzayev: “Qashqadaryoda koronavirusdan davolanayotgan 75 nafar bemor 6 ta sektor rahbari nazoratida”

Zoir Mirzayev: “Qashqadaryoda koronavirusdan davolanayotgan 75 nafar bemor 6 ta sektor rahbari nazoratida”


Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyatda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar oltita sektor rahbari nazoratida va javobgarligida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda viloyat rahbarining aholiga qilgan murojaatida aytildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Viloyat rahbarining ta’kidlashicha, hududda hozirgacha 409 nafar kasallangan fuqaro aniqlangan bo‘lib, 318 nafari sog‘aygan.

20-iyul holatiga ko‘ra, kasallikdan davolanayotgan 75 nafar bemor viloyat hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i, Soliq boshqarmasi boshlig‘i, DXX va Milliy gvardiya rahbarlarining shaxsan nazoratida turibdi.

Zoir Mirzayevning qo‘shimcha qilishicha, 2020-yilning 20-iyul holatiga ko‘ra, viloyatda 9590 ta zaxira o‘rni yaratilgan. Shuningdek, viloyatda 10-iyul qadar mavjud bo‘lgan, kuniga 750-800 ta tahlil olish imkonini beruvchi ikkita PZR laboratoriyasi Qarshi shahridagi to‘rtta, Shahrisabz shahridagi ikkita va G‘uzor tumanidagi Uzbekistan GTL zavodidagi yana bitta laboratoriya hisobiga 10 taga yetgan.

Hozirda Qashqadaryoda jami 147 ta tez yordam punkti mavjud bo‘lib, unda 244 ta tez tibbiy yordam brigadasi faoliyat yuritadi. Tez tibbiy yordam brigadasiga 206 ta Damas, 247 ta boshqa turdagi mashinalar xizmat ko‘rsatadi.

Viloyatda koronavirusga qarshi kurashish uchun 5280 nafar tibbiyot xodimi jalb qilingan.

“Ishonch telefonlariga kuniga o‘rtacha 185 ta qo‘ng‘iroq bo‘lyapti va ulardan 40-42 tasi oziq-ovqat yoki dori-darmon so‘ramoqda”, — deydi Call-center’da aholi murojaatini shaxsan tinglagan Zoir Mirzayev.

Qayd etilishicha, Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan Call-center’dagi (75) 220-03-00 raqamiga javob berayotgan 15 kishidan tashqari shifokorlar ham jalb qilingan bo‘lib, kasallik bilan bog‘liq savollarga aniq va o‘z vaqtida javob berilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют