» » Avliyo Sofiya majmuasidagi suratlar namoz vaqtida parda bilan to‘sib qo‘yiladi

Avliyo Sofiya majmuasidagi suratlar namoz vaqtida parda bilan to‘sib qo‘yiladi


Istanbulda joylashgan Avliyo Sofiya majmuasi ichidagi xristianlikka oid mozaikalar va freskalar musulmonlar ibodat qilayotgan vaqtda pardalar bilan yopib qo‘yiladi. Bu haqda “RIA Novosti” Turkiya prezidentining matbuot kotibiga tayanib xabar berdi.

Turkiya oliy sudi 2020-yilning 10-iyul kuni Avliyo Sofiyani muzeyga aylantirish to‘g‘risidagi 1934-yildagi qarorini bekor qildi. Shundan so‘ng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on muzeyni masjidga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini e’lon qildi.

Mazvuga doir:

Masjidda namoz o‘qish 24-iyuldan boshlanadi. Turkiya Diniy ishlar boshqarmasi ibodat paytida xristianlikka oid mozaikalar va freskalar yopilishi kerakligini aytdi.

“Hech qanday yorug‘lik tizimi bo‘lmaydi. Hozirda freskalar va mozaikalarni parda bilan yopish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va yakunlanib qoldi. Tasvirlar va umuman binoga zarar yetkazmaslik asosiy maqsad”, – dedi prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin.

Ma’lumot uchun, Avliyo Sofiya xristian imperatori Yustinian tomonidan qurilgan va 537-yil 27-dekabrda ochilgan. Taxminan ming yil davomida sobor xristian dunyosidagi eng katta ibodatxona bo‘lib kelgan.

Usmoniylar tomonidan Konstantinopolning egallanishi va 1453-yilda Vizantiya imperiyasining qulashi bilan ibodatxona masjidga aylantirilgan. Ammo 1934-yildan boshlab zamonaviy turk davlatining asoschisi Kamol Otaturkning buyrug‘i bilan bino muzeyga aylantirilgan va YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Mavzuga doir: Fotojamlanma: Istanbuldagi masjidga aylantirilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют