» » A Seriya. Ibragimovichning dubli “Milan”ga g‘alaba keltirdi

A Seriya. Ibragimovichning dubli “Milan”ga g‘alaba keltirdi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin 21-iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Milan” jamoasi “Sassuolo” maydonida mehmon bo‘ldi. Uchrashuvning 19-daqiqasida Zlatan Ibragimovich milanliklarni oldinga olib chiqdi. 42-daqiqadagi penaltidan so‘ng maydon egalari hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Ibragimovich ikkinchi to‘pini kiritdi. Bundan tashqari “Sassuolo” futbolchisi Mehdi Burabiya qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘lim “Milan”ning nazoratida o‘tdi va darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi.

Mazkur g‘alabadan keyin milanliklarning ochkolari 59 taga yetdi va jamoa 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Sassuolo” (48) esa 8-o‘rinda bormoqda.

“Atalanta” o‘z uyida “Bolonya”ni qabul qildi va Luis Murielning yagona goli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bergamoliklar ochkolarini 74 taga yetkazib oldi va 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Bolonya” (43) 10-pog‘onada qoldi.

A Seriya

35-tur bahslari

21-iyul, seshanba

Gol: 1:0 – 62 Muriel.

Gollar: 0:1 – 19 Ibragimovich, 1:1 – 42, penalti Kaputo, 1:2 – 45+2 Ibragimovich.

“Sassuolo”: Konsilyi, Marlon, Peluzo, Myuldyur (Kiryakopulos, 46), Rojerio, Burabiya, Garaslin (Boga, 46; Jurichich, 68), Lokatelli, Berardi, Kaputo (Traore, 89), Raspadori (Manyanelli, 46).

“Milan”: Donnarumma, Konti (Kalabriya, 11), Teo (Laksalt, 46), Kyer, Romanyoli (Gabbiya, 32), Kessie, Salemakers, Bennaser (Bigliya, 79), Chalxono‘g‘lu (Bonaventura, 79), Ibragimovich, Rebich.

Ogohlantirishlar: Burabiya (22), Lokatelli (34), Teo (37), Bennaser (61), Laksalt (76), Bonaventura (85).

Chetlatish: Burabiya (45+6).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 03:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют