» » Samarqand SSB rahbari: “Koronavirus mart—apreldagiga qaraganda boshqacha kechmoqda”

Samarqand SSB rahbari: “Koronavirus mart—apreldagiga qaraganda boshqacha kechmoqda”


Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozov 22-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda viloyatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda koronavirus infeksiyasi mart—aprel oylaridagiga qaraganda boshqacha kechmoqda. Kasallangan bemorlarning ko‘pchiligida ikki tomonlama pnevmoniya aniqlanmoqda. Pnevmoniya aniqlangan ba’zi bemorlarda koronvirusning o‘zi mavjud emasligi kuzatilmoqda.

Davronbek Jumaniyozovning ma’lum qilishicha, Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasiga yotqizilgan 100 nafardan ortiq bemorning 76 nafarida koronavirus aniqlanmagan, biroq ularning ko‘pchiligida pnevmoniya alomatlari mavjud bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, mart—aprel oylarida davolangan bemorlarning 70-75 foizida kasallik alomatlari kuzatilmagan. Hozirgi paytda esa bemorlarning qariyb 50 foizida alomatlar mavjud. Koronavirus aniqlanmagan bemorlarda ham og‘ir pnevmoniya kuzatilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qaysi sohalarning vakillari ko‘proq koronavirusga chalingani aytildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют