» » Farg‘onada stikeri yo‘qligi sabab mashinasi jarima maydoniga qo‘yilgan fuqaro o‘zini osishga urindi

Farg‘onada stikeri yo‘qligi sabab mashinasi jarima maydoniga qo‘yilgan fuqaro o‘zini osishga urindi


22-iyul kuni Farg‘ona shahrida mashinasi jarima maydoniga olib kirilgan fuqaro bunga norozilik tariqasida o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22-iyul kuni soat 16:30 larda Lacetti avtomobilini boshqarib kelayotgan 33 yoshli fuqaro N.Y. Toshloq tumanidan Farg‘ona shahriga kirish qismida o‘rnatilgan blokpostda IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Transport vositasini ruxsat etilmagan vaqtda boshqarib yurgani, tegishli stikeri yo‘qligi uchun N.Y.ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va Lacetti Farg‘ona shahridagi jarima maydonchasiga olib kirilgan. Haydovchi bundan norozi bo‘lib, jarima maydonchasi hududidagi archa shoxiga arqondan (o‘z mashinasi yukxonasida tirkama uchun saqlab kelingan arqon) sirtmoq yasab, o‘zini osishga uringan.

“O‘sha joyda bo‘lgan Milliy gvardiya xodimlari va boshqalarning o‘z vaqtida qilgan harakatlari natijasida ko‘ngilsiz holatning oldi olindi”, — deyiladi xabarda.

N.Yu.ning  tanasida hech qanday jarohat hamda sog‘lig‘ida buzilishlar aniqlanmagan.

Ayni paytda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB xabarida ta’kidlanishicha, 21-iyul kuni koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtabi tomonidan qabul qilingan bayonga asosan, tuman, shahar hokimliklari, viloyat boshqarma va tashkilotlari tomonidan avtotransport vositalarini harakatlanishi uchun joriy etilgan barcha turdagi ruxsatnomalar, ro‘yxatlar, ma’lumotnomalar va stikerlar (Davlat xizmatlari agentligi tomonidan berilgan stikerlar bundan mustasno) 22-iyul kunidan bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakati cheklangan. Maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan — 10:00 gacha, 17:00 dan — 20:00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilishi uchun harakatlanishga ruxsat beriladi.

Mavzuga doir: Sirdaryoda karantin blokpostidan ikki quti sigaret evaziga fuqaroni o‘tkazib yuborgan IIB va Milliy gvardiya xodimi xizmatdan bo‘shatildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют