» » “Koronavirusga qarshi vaksinatsiya 2021-yildan oldinroq boshlanmaydi” — JSST

“Koronavirusga qarshi vaksinatsiya 2021-yildan oldinroq boshlanmaydi” — JSST


Tadqiqotchilar koronavirusga qarshi vaksinalar yaratishda salmoqli natijalarga erishdi, biroq ular 2021-yildan ertaroq qo‘llanilmaydi. Bu haqda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayanga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, “agarda vaziyatga real qaralsa, aholini emlash boshlanganidan keyingi yilning birinchi yarimi keladi”. Hozirda bir nechta dori vositasi klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda va hozircha ulardan hech biri xavfsizlik nuqtai nazaridan savollarni yuzaga keltirmagan.

JSST vakilining qo‘shimcha qilishicha, tashkilot dori vositalarining adolatli taqsimotini ta’minlash ustida ish olib bormoqda. “Koronavirusga qarshi vaksina boylar yoki kambag‘allar uchun emas — u barcha uchun”, — deydi Rayan.

Bugungi kunda koronavirusga qarshi vaksina bir qator davlatlarda, xususan, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQShda yaratilmoqda. Xitoy hukumati mart oyidayoq dori vositalarini klinik sinovdan o‘tkazishga ruxsat bergan, shuningdek, uni butun dunyoga tarqatishni va’da qilgandi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari yakuniga yetganini e’lon qilgandi. Shuningdek, u yaqin haftalarda yana to‘rtta vaksinaning sinovi yakunlanishini bildirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham koronavirusga qarshi vaksina yaratilganini xabar qilgan. Uni ishlab chiqarish avgust oyida boshlanishi mumkin. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning 90 million dozalik COVID-19 vaksinasiga buyurtma bergani haqida ham xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют