» » O‘zbekistonda elektr ta’minoti tizimiga cheklovlar kiritilmoqda

O‘zbekistonda elektr ta’minoti tizimiga cheklovlar kiritilmoqda


O‘zbekiston energotizimida ishlab chiqarilayotgan va iste’mol etilayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelayotgani sabab 21-iyul kunidan boshlab respublika iste’molchilariga cheklovlar kiritilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston MET” AJ matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Respublika bo‘yicha kiritilayotgan cheklov miqdori taxminan 1,5–2 million kVt/soatni tashkil etmoqda. Bu kunlik o‘rtacha iste’molning (195,6 million kVt/soat) 0,8–1 foizini tashkil etadi.

Shu bilan birga, respublika bo‘yicha vaqtinchalik elektr ta’minotidagi uzilishlariga qo‘shni Tojikiston energotizimidan qabul qilinayotgan elektr energiyasi importi hajmining keskin qisqarishi ham sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Tojikistonda suv tanqisligi oqibatida 16-iyul kuni soat 02:33 da kuchlanishi 500 kV bo‘lgan “Regar” va “Surxon” podstansiyalarini bog‘lovchi L-508 havo elektr uzatish tarmog‘i orqali import amaliyoti to‘xtatilgan va import miqdori sutkalik o‘rtacha 12 million kVt/soatdan 0,3 million kVt/soatgacha kamaygan.

Shartnomaga asosan elektr energiyasi importi shartnomasi sentabr oyigacha bo‘lganligi sababli issiqlik stansiyalariga iyul oyiga elektr energiyasi importini qoplash uchun yoqilg‘i ko‘zda tutilmagan va elektr stansiyalar uskunalari ta’mirga chiqarilgan.

Shunga qaramasdan, joriy rejimlarda elektr stansiyalarga shartnomada ko‘zda tutilgan miqdordan 10–12 foizga ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Aniqrog‘i issiqlik elektr stansiyalarida rejaga nisbatan 8 million kVt/soat va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25–30 million kVt/soat ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Tojikiston energotizimidan import miqdorining keskin kamaytirilishi “Nurek” suv omboriga suv kelishining prognoz ko‘rsatkichlardan kamligi va suv sathining pastligi sababli Tojikistonning “Barki Tochik” kompaniyasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda 2020-yilda kuzatilayotgan suv tanqisligi sababli O‘zbekiston gidroelektrostansiyalarida shartnomaviy miqdorga nisbatan kunlik 6-7 million kVt/soat, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10-12 million kVt/soat kam elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda va bu ham, o‘z navbatida, elektr energiyasi tanqisligini yuzaga keltirmoqda.

Mavjud holatni barqarorlashtirish maqsadida “O‘zbekiston MET” AJ o‘z vakolatlari doirasida “Turkmenenergo” kompaniyasi bilan elektr energiyasi importi bo‘yicha shartnoma imzolangan bo‘lib, 2020-yil 28-iyuldan ushbu amaliyot boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston sovuq ob-havo boshlangani va respublikaning ichki ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni o‘tgan yilning dekabr oyida to‘xtatgan edi. 2020-yilning may oyida kelib Tojikiston elektr energiyasini yetkazib berishni tiklagani to‘g‘risida xabar berilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning uzoq hududlarini kichik quyosh elektr stansiyalari yordamida suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют