» » KXDR birinchi marta COVID-19 ga gumonlanish holati haqida xabar berdi, Keson shahri karantinga to‘liq yopildi

KXDR birinchi marta COVID-19 ga gumonlanish holati haqida xabar berdi, Keson shahri karantinga to‘liq yopildi


Shimoliy Koreya birinchi marta COVID-19 ga gumonlanish holati haqida xabar berdi. Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) axborotiga ko‘ra, ehtimoliy bemor KXDR chegarasini “noqonuniy kesib o‘tgan”.

Koronavirusga chalingani gumon qilinayotgan bemor Janubiy Koreya bilan chegarada joylashgan Keson shahrida aniqlangan. Shaharda “vayronkor falokatga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf munosabati bilan” Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRda hukmron Mehnat partiyasi Siyosiy byurosining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazgan. Ehtimoliy bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning bari karantinga olingani aytilmoqda.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 15,8 milliondan ortiq odam koronavirusga chalingan. Shu vaqtgacha Shimoliy Koreyadan boshqa barcha Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘z hududlarida koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgani haqida ma’lum qilgan edi.

“Jahon sog‘liqni saqlash sohasidagi inqirozga qaramay, biz zararli virusning tarqalishini to‘liq bartaraf etishga va epidemiyaga qarshi barqaror vaziyatni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik, bu ajoyib muvaffaqiyatdir”, — degandi Kim Chen In iyul oyi boshidagi chiqishida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya “partiya Markaziy qo‘mitasi boshqaruvining uzoqni ko‘ra bilishi va xalqning yuqori darajadagi ongliligi” sabab shunday natijalarga erishgan.

Rasman Shimoliy Koreyada hozircha koronavirusga chalinganlar yo‘q. Biroq Janubiy Koreyaning JoongAng Ilbo gazetasi anonim manbalarga asoslanib yozishicha, KXDRda COVID-19 bilan bog‘liq ilk holatlar 2020-yil fevral oyidayoq qayd etilgan.

Shimoliy Koreyadan tashqari yana bir qator mamlakatlar koronavirusga chalinish holatlari haqida ma’lum qilmagan. Bular — Turkmaniston, bir qator Afrika mamlakatlari, shuningdek, Kiribati, Marshall orollari, Mikroneziya, Nauru, Palau, Samoa, Solomon orollari, Tonga, Tuvalu, Vanuatu kabi orol mamlakatlardir, deya xabar bermoqda Jons Hopkins universiteti.

Turkmanistonda rasman koronavirus bo‘lmasa-da, iyul oyi o‘rtalaridan boshlab koronavirusga qarshi kurashayotgan mamlakatlardagiga o‘xshash cheklov choralari o‘rnatila boshlandi. Xususan, mamlakatda masjidlar, ziyoratgohlar va cherkovlar yopildi. Bundan tashqari, Turkmaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga himoya niqoblari taqish va o‘zaro kamida bir metr masofa saqlash haqida tavsiyalar berdi, biroq rasman bu tavsiyalar koronavirus tarqalishi xavfi sababli emas, balki havodagi chang miqdori oshishi ehtimoli sabab berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют