» » Tramp koronavirusni davolovchi “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olayotganini tan oldi

Tramp koronavirusni davolovchi “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olayotganini tan oldi


AQSh hukumati COVID-19 koronavirus infeksiyasini davolash uchun ishlatiladigan “Remdesivir” preparatining 90 foizini sotib oldi. Bu haqda Donald Tramp 25-iyul kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.

“Mening administratsiyam ajoyib ta’sirga ega, ‘Remdesivir‘ preparatining dunyo zahirasining 90 foizi ustidan nazoratni qo‘lga oldi”, — degan u brifingda.

Prezident, shuningdek, mamlakatda dori-darmon narxlarini pasaytirishga imkon beradigan bir qancha farmonlarni imzolaganini ma’lum qilgan. Birinchisi, Trampning so‘zlariga ko‘ra, boshqa mamlakatlardan, xususan, Kanadadan arzonroq dori-darmonlarni olib kirishga imkon beradi. Ikkinchisida farmatsevtik kompaniyalarga vositachilarga beradigan chegirmalarni bemorlarga berish majburiyati yuklatilgan. Yana bir farmon insulin narxini pasaytirishga qaratilgan.

Iyul oyi boshida AQSh hukumati koronavirusni davolovchi “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olgani haqida The Guardian xabar bergandi. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp administratsiyasi Kaliforniyaning Gilead Sciences biofarmatsevtik kompaniyasidan ushbu preparatning 500 mingdan ortiq dozasini sotib oladi. Bu iyul oyida ishlab chiqarilishi prognoz qilingan preparatlar hajmining 100 foizi, shuningdek, avgust va sentabr oylarida chiqariladigan preparatlarning 90 foizidir. Shunday qilib, AQSh boshqa mamlakatlarning ushbu preparatdan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada cheklab qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, “Remdesivir” Yevropa Ittifoqida ruxsat olish uchun tavsiya qilingan koronavirusga qarshi ilk dori vositasi hisoblanadi. Janubiy Koreya ham 1-iyuldan boshlab “Remdesivir” dori vositasini sotib olishni boshladi. O‘zbekistonda ham profilaktika, kasallikning yuqishini oldini olish maqsadida ishlatish mumkin bo‘lgan dorilar qatorida “Remdesivir” bor. JSST “Remdesivir”ni koronavirusga qarshi kurashda “umid uyg‘otuvchi” dori vositasi deb atagan. Preparat koronavirus ko‘payishini bloklash xususiyatiga ega ekanligi kanadalik olimlar tomonidan aprel oyida aniqlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют