» » Xitoy Superligasi. “Shanxay SIPG” yangi mavsumni irodali g‘alaba bilan boshladi, Odil Ahmedovdan golli uzatma

Xitoy Superligasi. “Shanxay SIPG” yangi mavsumni irodali g‘alaba bilan boshladi, Odil Ahmedovdan golli uzatma


Futbol bo‘yicha Xitoy Superligasining 1-turida “Shanxay SIPG” 27-iyul, dushanba kuni “Tyanszin Teda” maydoniga safar qildi.

Dastlab maydon egalari 6-daqiqada Jun Haoning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga shanxayliklar uchta gol bilan javob qaytardi. 40-daqiqada Rikardo Lopes muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Van Shenchao mehmonlarning ikkinchi golini urdi.

64-daqiqada Odil Ahmedovning uzatmasidan keyin Rikardo Lopes dublni rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

O‘zbekistonlik futbolchi uchrashuvning 68-daqiqasida zaxiraga olindi. Shu tariqa “Shanxay SIPG” mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

Xitoy Superligasi

1-tur bahsi

27-iyul, dushanba

Gollar: 1:0 – 6 Jun Hao, 1:1 – 40 Rikardo Lopes, 1:2 – 44 Van Shenchao, 1:3 – 64 Rikardo Lopes.

“Tyanszin Teda”: Du Szya, Chjao Hunlyue, Bay Yuefen, Jun Hao (Huey Szyakan, 80), Chen Kaymu, Lyu Yan, Lyu Jofan (Syan Yuymyao, 75), Syu Tyani, Go Hao, Achimpong, Syao Ji.

“Shanxay SIPG”: Yan Szyunlin, Van Shenchao, Shi Ke, Fu Huan (Lyuy Venszyun, 72), Yuy Hay, Odil Ahmedov (Arnautovich, 68), Oskar, Mirahmetjan Muzepper, Chen Binbin, Xalk, Rikardo Lopes.

Ogohlantirishlar: Fu Huan (5), Syao Ji (45).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют