» » Odil Ahmedov gol urgan o‘yinda “Shanxay SIPG” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Odil Ahmedov gol urgan o‘yinda “Shanxay SIPG” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)


Xitoy chempionatining 23-turida 14-avgust, chorshanba kuni “Shanxay SIPG” jamoasi “Tyanjin Teda”ni qabul qildi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Lyuy Venjyun shanxayliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 18-daqiqada Vagner muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Marko Arnautovich yana maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi.

71-daqiqada Li Shenlun jamoasining uchinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushgan o‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov 85-daqiqada Say Hueykanning goliga assistentlik qildi. O‘yin yakunlanishi arafasida Ahmedov darvozabon ustidan to‘pni oshirgan holda jamoasining beshinchi golini urdi.

“Shanxay SIPG” 53 ochko bilan Xitoy Superligasi musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Xitoy Superligasi

23-tur

14-avgust, chorshanba

Gollar: 1:0 – 10 Venjyun, 1:1 – 18 Vagner, 2:1 – 48 Arnautovich, 3:1 – 71 Shenlun, 4:1 – 85 Hueykan, 5:1 – 90 Ahmedov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют