» » “Shanxay SIPG” Karlos Teves klubini “tiz cho‘ktirdi”. Odil Ahmedov va Anzur Ismoilovdan gol

“Shanxay SIPG” Karlos Teves klubini “tiz cho‘ktirdi”. Odil Ahmedov va Anzur Ismoilovdan gol


Xitoy Super Ligasining 25-turiga kelib O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki futbolchisi gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Anzur Ismoilov to‘p suradigan “Chanchun Yatai” safarda 5:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi ilk golga aynan o‘zbekistonlik himoyachi mualliflik qildi. Bu uning mavsumdagi uchinchi goli bo‘ldi.

Odil Ahmedov jamoadoshlari esa Shanxay derbisida 6:1 hisobida ustun keldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Xalkning pasidan so‘ng jamoasining uchinchi golini kiritdi.

Dunyoning eng katta maoshli futbolchilaridan biri bo‘lgan argentinalik Karlos Teves 46-daqiqaga kelib maydonda ko‘rinish berdi. U tushguniga qadar, hisob ochilmagandi. Teves tushishi bilan “Shanxay SIPG” 6 ta gol urib tashladi.

Andre Villash-Boash jamoasining baxtiga mazkur turda peshqadam “Guanjou Evergrand” 2:2 hisobida durang o‘ynab, 2 ochko yo‘qotdi. Mazkur klub ikki yildan buyon oltin medallarni hech kimga bermaydi.

Xitoy Super Ligasi
25-tur uchrashuvlari
15-sentabr, juma

Gollar: Anzur Ismoilov, 25 (0:1). Marinyo, 38 (0:2). Yu Rui, 43 (0:3). Fan Xiadong, 48 (0:4). Odion Igalo, 69 (0:5). Li Yunyi, 92+ (1:5).

Gollar: Xalk, 56 (1:0). Vu Lei, 58 (2:0). Odil Ahmedov, 60 (3:0). Karlos Teves, 61 (3:1). Vu Lei, 63 (4:1). Xalk, 75 (5:1). Li Shanglong, 82 (6:1).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-09-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют