» » Vyetnamning kurort shahrida koronavirusning yangi zararli shtammi tarqaldi. 80 ming nafar sayyoh evakuatsiya qilinmoqda

Vyetnamning kurort shahrida koronavirusning yangi zararli shtammi tarqaldi. 80 ming nafar sayyoh evakuatsiya qilinmoqda


Vyetnamdagi Danang kurort shahrida koronavirus epidemiyasi boshlangani tufayli 80 ming nafar sayyoh evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda Vyetnam hukumatining bayonotida ma’lum qilingan.

Evakuatsiyaga kamida to‘rt kun vaqt talab qilinadi. Asosiy qismi vyetnamlik bo‘lgan turistlar mahalliy aviakompaniyaning samolyotlarida xavfsiz yerga ko‘chiriladi. Danangdan mamlakatning boshqa shaharlariga kuniga taxminan 100 ta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

25-iyulda Danangda yashovchi 57 yoshli erkakda COVID-19 infeksiyasi borligi tasdiqlangan. U bir oy davomida mamlakat hududidan tashqariga chiqmagan. Taxminlarga ko‘ra, erkak shahardagi kasalxonalardan birida koronavirus infeksiyasiga chalingan. 26-iyulda shaharda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yana ikkita yangi holat qayd etilgan, 27-iyulda 11 ta holat kuzatildi. Hukumat Danangda koronavirusning yangi o‘ta yuqumli shtammi tarqalganini ma’lum qilgan.

28-iyulda Danang shahrining asosiy qismida karantin tartibi joriy qilingandi. Shahar aholisining uylardan chiqishga faqat dori yoki oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish, ishga borish yoki favqulodda vaziyatlarda ruxsat etilgan. Odamlarga ko‘chada to‘planish taqiqlangan va 2 metrlik oraliq masofani saqlash qoidasini buzmaslik tavsiya qilingan.

Vyetnam Janubi-Sharqiy Osiyoda koronavirusga qarshi kurashda katta muvaffaqiyatga erishgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda 431 ta kasallanish holati qayd etilgan, 365 kishi kasallikdan tuzalgan va hech kim kasallikdan vafot etmagan.

Vyetnamdagi 276 ta holatda koronavirus bilan kasallanganlar xorijdan kirib kelgan. 99 kundan buyon mamlakatda birorta ham kasallanish holati qayd etilmagandi.

Bahorda Vyetnam hukumati kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lganlarni tezkorlik bilan kuzatishni tashkil qilish orqali COVID-19’ning keng yoyilib ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Shuningdek, mamlakatda shahar-u qishloqlarda qat’iy karantin tartibi joriy qilingan va chegaralar yopilgandi.

Mavzuga doir: Koronavirusdan qo‘rqmaydigan Vyetnam. Mamlakatda futbol mavsumi qayta boshlandi, stadionlarga muxlislar bemalol kirishi mumkin (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют